Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “yaqin kunlarda” yangi bosh vazir tayinlashni va’da qildi. U o‘zining iste’foga chiqishini istisno etdi va siyosiy inqiroz uchun aybni o‘ta o‘ng hamda so‘l partiyalarga to‘nkadi.
Fransiya parlamenti saylovlarining birinchi turida Marin Le Penning “Milliy birlashuv” partiyasi yetakchilik qildi. Bu o‘ta o‘nglar uchun tarixiy rekord. Agar partiya ikkinchi turda ko‘pchilik ovozni qo‘lga kirita olsa, bosh vazirlik lavozimini Le Penning protejesi — 28 yoshli Jordan Bardella egallashi mumkin.
Xitoy raisi Si Szinpin Fransiyaga tashrifi davomida mamlakatning Rossiya bilan yaqin aloqada ekani bo‘yicha e’tirozlarni rad etdi. “Xitoy bu inqirozning sababchisi ham, tomoni ham, ishtirokchisi ham emas. Lekin biz kuzatuvchi ham emasmiz, tinchlikka erishish uchun doimo faol harakat qilganmiz”, — dedi u.
Xitoy raisi Si Szinpin 2019-yildan beri ilk bor Yevropa bo‘ylab turnega chiqdi — u Fransiya, Serbiya va Vengriyaga tashrif buyuradi. Turne Xitoy va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdo kelishmovchiliklari va Rossiyaning Ukraina bilan urushi tufayli keskinlashgan munosabatlar davriga to‘g‘ri keldi.
Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron O‘zbekistonning antik davr, o‘rta asrlar va temuriylar davrini o‘z ichiga olgan madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdi. Fransiya qirolining Amir Temurga yo‘llagan maktubi ham eksponat sifatida taqdim etildi. Shundan so‘ng davlat rahbarlari daraxt ekdi.
Fransiya O‘zbekistondagi islohotlar strategiyasiga ishonch bildiradi va bu mamlakatga sarmoya kiritishini juda aniq bayon etadi, dedi Emmanuel Makron. “Bu ikki tomonlama siyosiy kafolatdir… Fransiya siz tomoningizda. Biz barcha tarmoqlar va moliyaviy resurslarimizni safarbar qilamiz”, — dedi u.
Fransiyaning Orano kompaniyasi O‘zbekistondagi uran konlarida geologik qidiruv ishlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Shavkat Mirziyoyev fransuz kompaniyalariga islohotlar va ochiq iqtisodiyot siyosati davom etishiga kafolat berdi. Respublikalar munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqmoqchi.
O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari ishtirokida sakkizta hujjat imzolandi. Ular orasida Samarqand fransuz alyansini tashkil etish, ichimlik suvi infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim va madaniy meros sohasidagi hamkorlik kabilar bor.
Shavkat Mirziyoyevning Emmanuel Makron bilan o‘tgan tor doiradagi uchrashuvida Toshkentda O‘zbekiston-Fransiya oliygohini ochishni tezlashtirish va fransuz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi. Shuningdek, Fransiya alyansining Samarqanddagi filiali ochilishi e’lon qilindi.
Samarqanddagi Kongress markazida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Davlat rahbarlari u yerda ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi.
Shavkat Mirziyoyev Fransiya rahbari Emmanuel Makron bilan uchrashdi. Ular tunda Samarqand bo‘ylab sayr qildi, Registon maydoni va “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasiga tashrif buyurdi (foto, video).
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrifi chog‘ida uran yetkazib berishni ko‘paytirish masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg fransuz yetakchisi atrofidagi ikki anonim manbaga tayanib xabar berdi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2023-yilda O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi.
Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron Luvrda «O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» ko‘rgazmasini ochdilar. Ko‘rgazmadan O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardagi muzeylardan keltirilgan buyumlar o‘rin olgan. 70 ta eksponat ko‘rgazma uchun maxsus restavratsiya qilindi.
Fransiyaning yangi bosh vaziri lavozimiga Elizabet Born tayinlandi. U Fransiya hukumatiga rahbarlik qilgan ikkinchi ayol sifatida tarixga kirdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.
Rossiyalik erkakning Metallica guruhidan 1 mlrd dollar talab qilayotgani, Portugaliyada parlamentning tarqatilayotgani, Gruziyaning amaldagi prezidenti Saakashvilini hech qachon afv etmasligini aytgani, Eron 29 noyabrda Venada yadroviy bitimga qaytishi, Yaponiya bosh vaziri bir vaqtning o‘zida ikki lavozimda faoliyat yuritmoqchiligi, Turkiyada Erdo‘g‘onni Twitter’da haqorat qilgan 30 kishiga nisbatan jinoiy ish ochilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron koronavirus bilan kasallandi. U 7 kunga izolyatsiya qilinadi va masofadan turib faoliyatini davom ettiradi.
Yaqin Sharqdagi ayrim mamlakatlarda aholi fransuz mahsulotlarini boykot qilmoqda va «islomofoblar kampaniyasiga» qarshi choralar ko‘rmoqda. Bu reaksiyaga Fransiya prezidentining mamlakat so‘z erkinligi, shu jumladan karikaturalardan voz kechmaydi degan so‘zlari sabab bo‘ldi. U bu haqda o‘quvchilarga Muhammad payg‘ambarning Charlie Hebdo karikaturasini ko‘rsatgan va kelib chiqishi chechen millatidan bo‘lgan immigrant tomonidan o‘ldirilgan o‘qituvchi bilan vidolashish marosimida aytgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting